LikeComment
24 likes
  • kamolot.uzO‘zbekiston yoshlari: #XOTIRAUZ ni dunyo trendiga chiqaramiz! “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “9-may” aksiyasiga start berilganini e’lon qiladi.

    Aziz yoshlar! Aksiyada ishtirok etish hamda eksklyuziv sovg‘alarga ega bo’lish uchun Sizdan faqatgina faollik talab etiladi, xolos.

    Buning uchun Siz joylarda Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan tadbirlar jarayonidan olingan fotosuratlaringizni #XotiraUz heshtegi ostida Facebook ijtimoiy tarmog’iga https://www.facebook.com/kamolot.uz/ sahifasini (@kamolot.uz) belgilagan holda joylashtirib boring! Fotosuratlar soni cheklanmagan!

    Eng yaxshi fotosuratlar Harakatning Markaziy Kengashida tashkil etilgan maxsus ishchi guruh tomonidan saralanadi hamda www.kamolot.uz saytida e’lon qilib boriladi.

    Aksiyada faol ishtirok etgan yoshlar – eng yaxshi fotopost mualliflari “Kamolot” YIH tomonidan “Kamolot” kutubxonasi” rukni ostida chop etilayotgan kitoblar to’plami hamda 2017-yilning 25-aprel kuni soat 18:30 da O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida bo’lib o‘tadigan Yoshlar simfonik orkestrining “Bahor nafasi” nomli konsertiga ikki kishilik taklifnomaga ega bo’ladi.

    Eslatma: Aksiya doirasida tarqatilayotgan bayroqcha va maxsus stikerlarni “Kamolot” YIHning mahalliy va hududiy Kengashlaridan olishingiz mumkin.

    Batafsil ma’lumot uchun telefon: +99895 170-90-27, (0371) 241-02-72
Log in to like or comment.